Tuman hokimi koreyalik investorni qabul qildi
2026-01-20 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Janubiy Koreyalik investor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Tuman hokimi mehmonni samimiy kutib olib, tumanning investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, qishloq xo'jaligi va sanoat sohalarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, aniq loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish borasida kelishib oldilar.


