Fuqarolar murojaati tinglandi, muammolarga joyida yechim topilmoqda.
2025-10-24 16:55:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaati tinglandi, muammolarga joyida yechim topilmoqda
Taxiatosh tumani hokimi Kamiljan Aytbayev, tuman prokurori Azat Qipchoqboyev rahbarligida "Taxiatosh" MFY aholisi bilan ochiq-oydin suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirdi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Albatta, yurtimizda bunday qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi. Qabul yakunida barcha murojaatlar alohida nazoratga olindi va ularning ijrosi qat’iy nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.



