OILAVIY (MAISHIY) ZO‘RAVONLIK VA TAZYIQLARGA QARSHI KURASHISH - BAXTLI OILA KAFOLATI
2025-10-23 14:30:00 / Yangiliklar

OILAVIY (MAISHIY) ZO‘RAVONLIK VA TAZYIQLARGA QARSHI KURASHISH - BAXTLI OILA KAFOLATI.
Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, uning barqarorligi esa har bir davlatning ma’naviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining muhim omilidir. Afsuski, ayrim hollarda oilaviy muhitda ham nizolar va zo‘ravonlik holatlari kuzatilmoqda.
Oiladagi zo‘ravonlik - bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, turli ko‘rinishlarda deyarli har to‘rtinchi oilada namoyon bo‘ladi. Bu illatdan eng ko‘p jabr ko‘radigan toifalar - ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardir.
Millatimiz uchun oila muqaddas sanaladi. Ayniqsa, xotin-qizlarimiz oila tinchligi, farzandlar farovonligi yo‘lida bor kuch va mehnatini ayamaydi. Shu bilan birga, ayrim hollarda ularning o‘z oilalarida zo‘ravonlik va tazyiqlarga duch kelayotgani jamiyat uchun jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.
