Bugun Taxiatosh tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-10-24 18:35:00 / Yangiliklar

Bugun Taxiatosh tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida 8 ta masala ko‘rib chiqildi.
1. Taxiatosh tumani prokurorining 2025-yilning o‘tgan davri davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti to‘g‘risida (Taxiatosh tumani prokurori A.Qipchoqboyevning hisoboti).
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligi bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Ismoilovning hisoboti to‘g‘risida;
3. Taxiatosh MFY hududi Oqsingul ko‘chasida joylashgan 3-uyda yashovchi fuqarolarni, shuningdek, yolg‘iz ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan fuqarolarni yashash sharoitini yaxshilash maqsadida "Obod makon" MFY Babanov ko‘chasi raqamsiz uyda tashkil etilayotgan ijtimoiy turar joyga ko‘chirishni tashkil etish haqida (Tuman hokimining o‘rinbosari U.Aytimbetov)
4. Taxiatosh tumani hokimining 2025-yil 7-oktyabr kungi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining 2025-yil 14-iyul kungi 289-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida"gi 263-13-215-F/25-sonli farmoyishini tasdiqlash haqida. (Tuman hokimining o‘rinbosari U.Aytimbetovning hisoboti)
5. Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi tomonidan 2025 yilning 9 oyi davomida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida hamjihatlikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzluksizligini ta’minlash yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida. (Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi direktori M.Djumamuratovaning hisoboti)
6. Taxiatosh tumanida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va 2026 yilda zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida. (Taxiatosh tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Qaipnazarov hisoboti)
7. Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasining 2025-yil 9 oy davomida bajarilgan ishlari to‘g‘risida. (Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Oqontayev hisoboti)
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 7 iyundagi 03-1181xdfu-sonli topshirig‘ining 1-ilovasi 13-bandi talablarini bajarish uchun tuman hududidan 20,04 gektar yer maydonida "Yashil bog‘" tashkil etish to‘g‘risida (Taxiatosh tumani uy-joy qurilishi va kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i K.Bektaevning hisoboti) eshitildi va bu bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









