"Taxiatosh bolalar uyi" faoliyati to‘xtatildi
2025-10-15 14:30:00 / Yangiliklar

"Taxiatosh bolalar uyi" faoliyati to‘xtatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi PQ-185-sonli "Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi 893-sonli "Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2025 yil 29 sentyabrdagi 326-sonli buyrug‘iga muvofiq, shu kungacha faoliyat yuritayotgan "Taxiatosh bolalar uyi"ning faoliyati rasman to‘xtatildi.
"Taxiatosh bolalar uyi"da tarbiyalanib kelgan bolalar belgilangan tartibda Nukus shahrida yangi tashkil etilgan "Kichik hajmli bolalar uyi"ga ko‘chirildi.
Yangi muassasada bolalar uchun zamonaviy ta’lim, dam olish va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, ularni yangi muhitga moslashtirish, ma’naviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida malakali ijtimoiy xodimlar, psixologlar va tarbiyachilar ish olib bormoqda.
Bu o‘zgarishlar mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarni davlat himoyasiga olish tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biridir.
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi matbuot xizmati
