Sudlar faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.
2025-10-10 11:30:00 / Yangiliklar

Sudlar faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
Sudlar faoliyatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish - bu sud-huquq tizimini samarali va shaffof qilishga qaratilgan muhim yo‘nalishdir. Jahonda ayrim davlatlar bu yo‘nalishda sezilarli qadamlar qo‘ygan. Mamlakatimizda ham sudlar faoliyatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi "Sudlar faoliyatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta'minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar Ushbu farmonga ko‘ra, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini ko‘rishni soddalashtirish maqsadida "Raqamli sud" kontseptsiyasini amalga oshirish doirasida, sudlarga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi va sarflangan xarajatlar shakllantirilishi, shuningdek sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanishi belgilangan.
Sudlar faoliyatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish sud jarayonini tezlashtirish va adolatli qaror qabul qilishga, inson ta'sirini kamaytirishga, shaffoflik va jamoatchilik ishonchini oshirishga, ortiqcha qog'ozbozlik va byurokratiyani qisqartirishga yordam beradi.
Nukus tumanlararo ma'muriy sudi sudyasi: S.Karamatdinova
