Taxiatoshda "Mardlik maktabi"ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali qasamyod marosimi o‘tkazildi
2025-09-26 18:30:00 / Yangiliklar

Taxiatoshda "Mardlik maktabi"ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali qasamyod marosimi o‘tkazildi
Bugun Taxiatosh tumanida joylashgan harbiy qismda "Matonat maktabi" o‘quvchilarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari Ulug'bek Aytimbetov, Nuroniy jamg'armasi Taxiatosh tumani bo‘limi boshlig'i Aminboy Ersaidov, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning hududiy rahbarlari, keng jamoatchilik va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini ushbu tantanali marosim bilan samimiy tabriklab, yoshlarga kelgusi o‘qishlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur "Matonat maktabi" o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatni o‘tashda zarur bo‘ladigan dastlabki harbiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.






