Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-08-27 17:25:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Taxiatosh tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi va tegishli soha rahbarlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Taxiatosh tumani bo‘limi raisi K.Ametovning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025 yil II chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti tinglandi va deputatlar tomonidan sessiya qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-sonli qarorining tumanda ijrosi to‘g‘risida Taxiatosh tumangaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratov va tuman elektr ta’minoti boshlig‘i T.Jamalovlarning hisoboti tinglandi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Taxiatosh tumanida 2024-2025 yilgi sho‘r yuvish davri uchun qo‘shimcha suv limitini tasdiqlash haqida Taxiatosh tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi direktori D.Allamuratovning axboroti tinglandi va sessiya qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikdan farovonlikka" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2024 yil 23 sentyabrdagi PQ-330-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi M.Kaipnazarovning 2025 yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi va sessiya qarori qabul qilindi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2025-yil 5-avgust kungi 172-B-sonli farmoyishini tasdiqlash to‘g‘risida tuman Kengashi deputatlari tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiya kun tartibida 7 ta masala ko‘rib chiqildi va sessiya qarori qabul qilindi. Shu bilan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 12-sessiyasi o‘z yakuniga yetdi.









