Taxiatosh tumanida tadbirkorlik subyektlari uchun qulay qurilish infratuzilmasi yaratilmoqda
2025-07-04 16:25:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumanida tadbirkorlik subyektlari uchun qulay qurilish infratuzilmasi yaratilmoqda
Taxiatosh tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy sektor faoliyatini yanada jonlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida qurilish sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda hududdagi tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy va barqaror infratuzilma yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillari uchun maxsus sanoat zonalari tashkil etilib, ularda yangi ishlab chiqarish binolari, omborlar, savdo komplekslari va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda. Har bir bino elektr, suv, kanalizatsiya, internet va yo‘l bilan ta’minlanib, tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Qurilish jarayonlarida zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor texnologiyalar va ekologik standartlar inobatga olinmoqda. Bu esa nafaqat tadbirkorlik faoliyati uchun, balki atrof-muhit va aholi uchun ham qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Taxiatosh tumanidagi bunyodkorlik ishlari nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, balki xususiy sektor orqali aholining daromad manbalarini kengaytirish va hududni ijobiy investitsiyaviy muhitga aylantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Tuman hokimi Kamiljan Aytbayev va bir guruh mas’ullar "Tazabay Stroy" MCHJ tomonidan qurilayotgan obyektda bo‘ldi. Bu yerdagi qurilish ishlari jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.