"Oydin yo‘l"ning yoshlarining kelajagi oydin bo‘ladi.
2025-07-11 10:30:00 / Yangiliklar

"Oydin yo‘l"ning yoshlarining kelajagi oydin bo‘ladi.
Mamlakatimizda ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun munosib ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda, Prezidentimizning tegishli qarori asosida tumandagi "Oydin yo‘l" mahallasida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi umumta’lim maktabining qurilish ishlari davom etmoqda.
Maktab 176 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy o‘quv xonalari, fan laboratoriyalari, axborot texnologiyalari sinfi, sport zali, oshxona va kutubxona bilan jihozlanadi.
Yangi maktabning ish boshlashi nafaqat o‘quvchilar, balki butun mahalla aholisi uchun katta qulaylik yaratadi. Bu esa yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga va kelajakda yurtimizga munosib fuqarolar bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi.

