Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2025-07-29 18:50:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Taxiatosh tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi va tegishli soha rahbarlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining raisi K.Aytbayev boshqarib bordi. Sessiya kun tartibida 11 ta masala ko‘rib chiqildi va sessiya qarori qabul qilindi.
Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Taxiatosh tumani prokurori Azat Qipchoqboyevning 2025-yilning o‘tgan davri davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi va sessiya qarori qabul qilindi.
Keyingi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligi bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i I.Saliyevning hisoboti tinglandi va sessiya qarori qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2025-yil 22-aprel kungi 139-B sonli va 2025-yil 17-iyul kungi 161-B sonli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida sessiya qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 27 fevral kungi "Hududlarda 2025 yilda "kamxarajatlilik va barqarorlikni ta’minlash" yo‘nalishi asosida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va sonini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi bayoniga asosan, o‘rganish ishlarida aniqlangan optimallashtirish hisob raqamlariga o‘tkazilgan mablag‘lar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenovning hisoboti tinglanib, deputatlar bu masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ning ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari T.Muzrobovning hisoboti tinglandi va qaror qabul qilindi.
Keyingi masala Taxiatosh tumani Adliya bo‘limi boshlig‘ining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti haqida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining hisoboti tinglandi va qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni, 2021 yil 31 maydagi "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5132-sonli qarori ijrosi yuzasidan Taxiatosh tumani hokimligining ijro intizomi to‘g‘risida tuman hokimligi ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Z.Saparovaning hisoboti tinglandi va sessiya qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-158-sonli Farmoni va shu yilning 30 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar hamda tumanda yoshlarning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratovning hisoboti tinglanib, sessiya qarori qabul qilindi.
Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasida 2025 yil 6 oy davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi D.Aytimbetovning hisoboti tinglanib, sessiya qarori qabul qilindi.
Taxiatosh tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha" milliy Kengashidagi ma’ruzasidan kelib chiqqan holda, sohada olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish bo‘yicha Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki nazorat bo‘yicha ish yurituvchi S.Allanazarovning hisoboti tinglandi va sessiya qarori qabul qilindi.
Kun tartibidagi so‘nggi masala Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-6-36-13-215-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida bo‘lib, deputatlar bu bo‘yicha ham tegishli qarorni qabul qildi.
Shu bilan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 11-sessiyasi o‘z yakuniga yetdi.








