ENERGETIKA XAVFSIZLIGI DAVLAT XAVFSIZLIGI.
2025-07-20 11:50:00 / Yangiliklar

ENERGETIKA XAVFSIZLIGI – DAVLAT XAVFSIZLIGI
Bugun, Prezidentimizning 01.04.2025 yilgi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-sonli Qaroriga asosan Bosh prokuraturadan biriktirilgan bo‘lim boshlig‘i A.Menglikulov tomonidan Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Taxiatosh tumanida bo‘ldi.
Xususan, tuman idoralararo ishchi guruh faoliyati, joylarda energiya resurslarni iqtisod qilish, noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashda tadbirlar samaradorligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish borasidagi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti xodimlarining prezentatsiyasi bilan tanishib chiqildi.
So‘ngra, amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishda tumandagi “Obod makon” MFY hududida Gaz taqsimlash punktlarini demontoj qilish va ikki bosqichli tizimga o‘tkazish, gaz tarmoqlarini yer ustiga chiqarish, gaz quvurlarini buyoqlash, yangi tayanch ustunlar o‘rnatilishi holatlari bilan tanishib chiqib, tegishli soha mutaxassislariga ko‘rsatma va topshiriqlari berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.





