"Agro bank"ning yangi filiali Taxiatosh tumanida ish boshladi
2025-07-22 17:20:00 / Yangiliklar

"Agro bank"ning yangi filiali Taxiatosh tumanida ish boshladi
Mijozlarga yanada yaqin bo‘lish, bank xizmatlarining qulay va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida, "Agrobank" ATBning yangi filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiatosh tumanida o‘z ishini boshladi.
Ushbu yangi filial zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlarga ega bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Jumladan, hisobvaraqlar ochish, kreditlash, plastik kartalar bilan ishlash, pul o‘tkazmalari va boshqa moliyaviy xizmatlar taqdim etiladi.
Yangi filialning ishga tushirilishi tuman aholisi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratadi hamda mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladi.





