Xalqlar do‘stligi kuni Taxiatosh tumanida keng nishonlandi
2025-07-27 20:05:00 / Yangiliklar

Xalqlar do‘stligi kuni Taxiatosh tumanida keng nishonlandi
30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan tuman markazida "O‘zbekiston - yagona Vatan" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston - ulkan imkoniyat va resurslarga ega davlat. Lekin bizning eng katta boyligimiz - turli millat va konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdir.
Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Ularga o‘z madaniyati, an’ana va urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.Bayram tadbirida turli millat vakillarining iste’dodli estrada xonandalari ijrosidagi konsert dasturi namoyish etilib, unda qardosh xalqlar tillarida Vatan, do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.








