Tadbirkor ayol ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi
2025-07-28 11:05:00 / Yangiliklar
Bugun 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda "Tadbirkor ayol" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkor ayol ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi
Bugun 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda "Tadbirkor ayol" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanning faol xotin-qizlari o‘zlarining ishlab chiqarish mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Gulzira Bekbergenova so‘zga chiqib, barcha xotin-qizlarga omad tilab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Shundan so‘ng, bir guruh faol xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.






