Avtomobil tariyxi haqqida ma’lumot olish tartibi
2025-06-23 10:25:00 / Yangiliklar

Avtomobil tariyxi haqqida ma’lumot olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori 30-ilovasi “Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnoma”ni berish bo’yicha ariza yuborish mumkin.
Bunda: Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar.
-So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
-Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
-familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
-pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari).
Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
-to‘liq nomi;
-STIR.
-Ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bepul.
Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida
Ariza beruvchilar faqat o‘zlariga tegishli avtotransport vositalari haqida axborotlarni olishlari mumkin.
-Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
-Umumiy ma’lumot: rangi, ishlab chiqarilgan yili, turi, kuzov/shassi raqami, to‘la vazni (kg), yuksiz vazni (kg), dvigatel raqami, yonilg‘i turi, oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi berilgan sana, oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi amal qilish muddati, sug‘urta polisi, sug‘urta seriya va raqami, sug‘urta turi, sug‘urtaning amal qilish muddati, haydovchilar, sug‘urta hodisasi, avtotransport texnik ko‘rigidan o’tganligi tog’risida ma’lumot ko’rsatiladi.
Taxiatosh tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
bo’limi bosh mutahasisi T.Baymbetov
