Ipak qurtini boqish serdaromad soha
2025-05-18 17:25:00 / Yangiliklar

Ipak qurtini boqish serdaromad soha
Taxiatosh tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Bekbergenova Taxiatosh tumanida "Keneges" mahallasidagi pilla navkan qurtlarining boqilish holatlari bilan tanishdi. Pillachilik bilan shug‘ullanayotgan ayollar bilan suhbatlashdi.
Joriy yilda tumanimizda 200 nafardan ziyod xotin-qizlar ipak qurti boqish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Dastlab ular ipak qurti boqish bo‘yicha maxsus seminarlarda qatnashib, o‘quv kurslarida bilimlarini oshirdi.
Uyida ipak qurti boqish imkoniyati bo‘lmagan xotin-qizlar qishloq fuqarolar yig‘ini hududlaridagi bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanib, pillachilik bilan shug‘ullanmoqda. Bu orqali xotin-qizlar bandlik dasturidan ro‘yxatdan o‘tib, 1 oy davomida pilla navvon qurtlarini boqadi. Natijada ayollarga 1-yillik mehnat staji yoziladi.






