Taxiatoş tumanida navbatdagi sayyor qabul ötkazildi
2026-11-07 15:55:00 / Yangiliklar

Aholi muammolarini joyida örganiş va ularga tezkor yeçim topiş maqsadida Taxiatoş tumani hokimi I.Sdikov, tuman prokurori A.Kipshakbaev hamda tuman IIB boşliği Sh.Ismoilov iştirokida "Keneges" OFY binosida fuqarolar uçun sayyor qabul taşkil etildi.
Oçiq va samimiy muloqot tarzida ötgan tadbirda hudud aholisi tomonidan infratuzilmani yaxşilaş, bandlikni ta’minlaş, komunal soha, tibbiy xizmat va boşqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça köplab murojaatlar kelib tuşdi.
Muloqot davomida fuqarolarning muammolari birma-bir tinglanib, ularning aksariyati joyida öz yeçimini topdi. Qöşimça örganiş va vaqt talab etadigan murojaatlar böyiça tegişli mas’ul taşkilot rahbarlariga aniq topşiriqlar berildi va ularning ijrosi tuman rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olindi.
Bunday oçiq muloqotlar aholi farovonligini oşiriş va aholini qiynayotgan masalalarni tezkor hal etişga xizmat qilmoqda.
—






