Elektr xavfsizligi - har birimizning mas’uliyatimiz
2026-10-06 10:30:00 / Yangiliklar
Elektr xavfsizligini ta’minlash faqat mutasaddi tashkilotlarning vazifasi emas. Bu borada har bir fuqaro, oila, ta’lim muassasasi, korxona va mahalla o‘z mas’uliyatini his etishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2026-yildagi 523-sonli qarori bilan har yili oktyabr oyida O‘zbekistonda "Elektr xavfsizligi oyligi" o‘tkazilishi belgilandi.
Tadbirlarda aholi, ijtimoiy soha muassasalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa elektr energiyasi iste’molchilari ishtirok etadi.
Elektr asboblaridan yo‘riqnomaga muvofiq foydalanish, nosoz sim va rozetkalarni o‘z vaqtida ta’mirlash, elektr tarmoqlarini ortiqcha yuklamaslik, bolalarni elektr qurilmalaridan uzoq tutish va xavfli holatlar haqida tegishli xizmatlarga xabar berish orqali ko‘plab baxtsiz hodisalarning oldini olish mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, uzilgan elektr simi tok ostida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun unga tegish, yaqinlashish yoki o‘zboshimchalik bilan uni chetga surishga urinish mumkin emas. Xavfli hududdan uzoqlashish, boshqa fuqarolarni ogohlantirish va mutaxassislarga xabar berish eng to‘g‘ri harakat hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, "Elektr xavfsizligi oyligi" doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish, elektr qurilmalaridan foydalanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va yong‘inlarning oldini olish, inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.
Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish - hayotni asrash, oila va jamiyat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
R. Qurbonov
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
YuXKO bas yuriskonsulti
