Taxiatosh tumanida "Umummilliy diktant" tanlovi o‘tkazildi
2026-10-15 14:55:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazida 21-oktabr —O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat tilini rivojlantirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, aholi savodxonligini yuksaltirish maqsadida "umummilliy diktant" tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu loyiha davlat tilining nufuzini oshirish, o‘zbek adabiy tili me’yorlariga amal qilish madaniyatini yuksaltirish va yozma savodxonlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbirda tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Perdebayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi boshlig‘i M.Djumamuratova ishtirok etdi.
Tanlovda tumandagi muassasa va tashkilot xodimlari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘zbek adabiy tilining imlo va grammatik me’yorlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, diktant yozish orqali savodxonlik darajalarini ko‘rsatdi. Eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilar tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






