🚴♂️ Taxiatoshda velomarafon tashkil etildi
2026-10-09 15:55:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va velosportni ommalashtirish maqsadida “Velomarafon – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etib, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab o‘zaro kuch sinashdilar. G‘olib va sovrindorlar yosh toifalari hamda ayollar va erkaklar o‘rtasida alohida aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🏆 Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!









