⚡️ G‘ALABA BILAN QAYTGAN SELBI KAKISHOVA TANTANALI KUTIB OLINDI
2026-10-06 10:30:00 / Yangiliklar

O'zbekiston sporti sharafini munosib himoya qilib, Shaxmat Paraolimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan, shuningdek, “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan Selbi Kakishovani tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitalari raislari M.Atamuratov va A.Atajanov, Taxiatosh tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E.Qutibaev, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosimda Selbi Kakishovaga erishgan yutug‘i munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirilib, uning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati e’tirof etildi. Tadbir yakunida sportchi sharafiga gala-konsert dasturi namoyish etildi.









