Viza muddatini uzaytirish bo‘yicha o‘zgarishlar.
2026-09-16 06:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida viza olish tartiblari xalqaro shartnomalarni o‘zida ratifikatsiya qilgan holda tizimlashtirilgan bo‘lib, bunda xalqaro shartnomalardan kelib chiqqan holda o‘z ichki qonunchiligini amalga tatbiq etgan.
Shulardan asosiy eng so‘nggi o‘zgarishlardan biri viza muddatini uzaytirishdir. Viza muddatini uzaytirish xizmatidan elektron tarzda foydalanish imkoniyati bugungi kunda yuqori darajadagi qulayliklarga ega holda yaratilgan.
Endi arizalar nafaqat vakolatli organga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin.
Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti va hududiy ichki ishlar organlari.
Xizmatdan foydalanuvchilar: O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun "Davlat boji to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan miqdorlarda boj to‘lanadi.
Ariza viza muddati tugashidan kamida 10 kun oldin berilishi kerak.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori.
T.Bayimbetov
Taxiatosh tumani Adliya bo‘limi
Mámleketlik xizmetler orayı
bosh mutaxassisi
