🚴♂️ Taxiatoshda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan velomarafon bo‘lib o‘tdi
2026-09-18 10:35:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi orasida sog‘lom turmush tarzini doimiy ravishda targ‘ib qilish maqsadida tizimli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, bugun tumanimizdagi 40 yoshdan yuqori fuqarolar o‘rtasida maxsus velomarafon tashkil etildi. Ko‘tarinki ruhda va faol ishtirok bilan o‘tgan sport tadbiri yakunida musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi.
Sog‘lom turmush tarzi — mustahkam salomatlik va uzoq umr garovidir!





