Shaxsiy qabul
2026-09-08 09:25:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenov, tuman hokimining o‘rinbosari F.Bekjanov fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari, fikr va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi
Qabul davomida hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari bilan bir qatorda fikr-mulohazalari tinglandi. Murojaatlarda asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr tarmoqlarini yangilash va boshqa mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.



