📚“Kitoblar yarmarkasi” tashkillashtirildi.
2026-08-08 09:50:00 / Yangiliklar

📚Joriy yilning 8-avgust kuni Taxiatosh tumani hokimligi binosi yonida 9-avgust “Butunjahon kitobsevarlar kuni” munosabati bilan va aholi orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, ayniqsa yoshlarni kitobga jalb qilish maqsadida tuman hokimligi va «Plato Books» kitob do‘koni bilan birgalikda “Kitoblar yarmarkasi” tashkillashtirildi.
📚Kitob yarmarkasida tumandagi korxona va tashkilotlarning va aholining kitobga oshno kitobsevarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari yarmarkadan o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillaridagi badiiy va sohaga doir adabiyotlar, bolalar adabiyotlaridan iborat 50 dona kitoblarni harid qilib Axborot-kutubxona markaziga sovg'a tariqasida taqdim etishdi.





