Taxiatosh tumanidagi “Aydin Jol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 4-mavsumning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2026-07-30 10:35:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumanidagi “Aydin Jol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 4-mavsumning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari X.Umarov, Taxiatosh tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenov, tuman prokurori A. Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov hamda oromgoh direktori D.Babajanova ishtirok etdi.
Marosim davomida oromgoh faoliyatini samarali tashkil etishda munosib hissa qo‘shgan bir guruh tashkilotchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, oromgoh tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir yakunida tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi taqdim etilib, mavsum tantanali ruhda yakunlandi.








