Payshanba — Yoshlar kuni!
2026-07-09 19:35:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumani hokimining birinchi o’rinbosari S.Allambergenov, tuman prokurori A.Kipshakbaev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Ismoilov ishtirokida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda yoshlar yetakchilarining joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, hududlarda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi kelgusi rejalar atroflicha muhokama qilindi.





