Kasbga yo‘naltirish to‘garaklari davom etmoqda
2026-07-06 14:55:00 / Yangiliklar

Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Taxiatosh tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumandagi 2-sonli maktab ustaxonasida o‘g‘il bolalarni kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha navbatdagi amaliy to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Maktab mas’ul xodimlari tomonidan muvofiqlashtirilgan mazkur tadbir o‘quvchilarning kasbiy tanlovlarini shakllantirish va amaliy malakasini oshirishga xizmat qildi.



