#Sayyor_qabul
2026-06-29 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun Taxiatosh tumani Xalq qabulxonasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Atajanov, Taxiatosh tumani hokimi I.Sdikov, tuman prokurori A.Kipshakbaev hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i K.Daniyarov fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari, fikr va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari bilan bir qatorda fikr-mulohazalari tinglandi. Murojaatlarda asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr tarmoqlarini yangilash va boshqa mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.




