KIBERJINOYATGA QARSHI KURASHISH — DAVR TALABI
2026-06-23 10:50:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumani 4-sonli umumta’lim maktabida kiberjinoyatchilikning oldini olish va raqamli madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Taxiatosh tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Tursimambetov so‘zga chiqib, o‘quvchi-yoshlar va o‘qituvchilarga internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Mazkur seminar va targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-sonli “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, aholining raqamli savodxonligini oshirish va kiber-tahdidlardan himoya qilish maqsadida tizimli ravishda tashkil etilmoqda.


