⚡️Xushxabar!
2026-06-22 09:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 20-iyun kuni Nukus shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning Gimnastrada turidan 14-30 yosh oralig‘idagi ayollar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan g‘olib bo‘lgan mahalla yoshlari ishtirok etib, o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyish etdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida:
1-o‘rin Taxiatosh tumani
2-o‘rin Nukus shahri
3-o‘rin Shumanay tumani jamoalari egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
G‘oliblarimizga keyingi O‘zbekiston Respublikasi final bosqichida omad tilab qolamiz.





