Sayyor qabul: Xalq farovonligi yo'lida
2026-06-20 15:55:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etish maqsadida Xalq qabulxonasi bo‘limida Taxiatosh tumani hokimi I.Sdikov, tuman prokurori A.Kipshakbaev hamda IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholi tomonidan bildirilgan ayrim masalalar joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijro muddatlari belgilandi.



