Taxiatosh tumani haqiqiy yoshlik va kuch-g‘ayrat maydoniga aylandi!
2026-06-19 10:50:00 / Yangiliklar

Tumanda "Yoshlar tashabbuslari marafoni" loyihasi tuman yoshlarining eng intellektual, qobiliyatli va shijoatli yoshlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Marafon doirasida bir kunning o‘zida 2 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi. Bu yoshlarning yangi g‘oyalar, yangiliklar va ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan faolligining yaqqol ifodasidir. Yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, marafon doirasida 15 xil yo‘nalishda maxsus maydonchalarda yoshlar o‘z qobiliyatlarini namoyon etdi.








