Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maskani
2026-06-09 17:50:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridan Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar hududda yangi yo‘lga qo‘yilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maskani” faoliyati, uning moddiy-texnik bazasi va ish uslubi bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur maskan yoshlarni oilaviy hayotga tizimli tayyorlash va oilaviy maslahat xizmatlarini ko‘rsatishda barcha tumanlar uchun namunaviy tajriba maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.





