🏆 Taxiatoshda «G‘ayratli keksalar» sport musobaqasi o‘tkazildi
2026-06-04 10:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida mahalla va ovullardagi nuroniylar o‘rtasida «G‘ayratli keksalar» sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning PQ-92 va PQ-405-sonli qarorlari ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbir keksalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi.
📊 Musobaqa tafsilotlari:
🏢 Tashkilotchilar: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tuman bo‘limi, tuman Sport maktabi, «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi.
👴 Ishtirokchilar: 14 ta mahalladan 143 nafar nuroniy.
⚽️ Sport turlari: Shaxmat, shashka, mini futbol va milliy kurash.
Tuman sport maktabi trenerlari hakamlik qilgan bahslarda nuroniylarimiz yuqori faollik ko‘rsatishdi. Yakunda g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.






