Sayyor qabul: Xalq farovonligi yo'lida
2026-05-16 17:30:00 / Yangiliklar
Fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etish maqsadida Xalq qabulxonasi bo‘limida Taxiatosh tumani hokimi I.Sdikov, tuman prokurori A.Kipchakbaev, IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i K.Daniyarov ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholi tomonidan bildirilgan ayrim masalalar joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijro muddatlari belgilandi.
Ta’kidlash joizki, uzluksiz 5 soatdan ortiq davom etgan qabul jarayonida jami 36 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning muammolarini ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.




