Yakka tartibdagi qabul
2026-05-06 15:35:00 / Yangiliklar
Bugun Taxiatosh tumani hokimi I.Sdikov tomonidan, Xalq qabulxonasi bo‘limida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning taklif va fikrlarini eshitish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joyini ta’mirlash, bandligini ta’minlash, mahalla infratuzilmalarini rivojlantirish hamda boshqa qator shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida yechimini topib, o‘rganib chiqilishi uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.




