🔸Taxiatosh tumanida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan yosh askarlarning Vatanga qasamyod qilish marosimi o‘tkazilmoqda.
2026-04-26 11:35:00 / Yangiliklar
🔸Tadbirda Taxiatosh tuman hokimi I.Sdikov, tuman prokurori A.Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, shuningdek, tuman hokimligi mutasaddilari, keng jamoatchilik va ota-onalar ishtirok etmoqda.

🔸Marosim davomida yosh askarlar muqaddas qasamyod matnini o‘qib, Vatan himoyasiga sadoqat bilan xizmat qilishga tantanali va’da berdilar.
💠Tadbir davomida Taxiatosh madaniyat bo’limi ijodkorlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.





