Taxiatoshda «Uch avlod uchrashuvi»: Nuroniylar tajribasi — yoshlarga ibrat
2026-04-22 17:50:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida «Nuroniy» jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi bo‘lim boshlig‘i M.Umarov va mas’ullar «Oydin yo‘l» mahallasida bo‘lib, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Xususan, homiylar ko‘magida uy-joyi yangilangan oilalar holidan xabar olinib, maktab o‘quvchilariga o‘quv anjomlari va sport kiyimlari topshirildi.
Harbiy qismda tashkil etilgan «Uch avlod uchrashuvi»da tuman rahbariyati, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
— «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyili asosida muammoli yoshlar bilan ishlash;
— Prezidentning PQ-405 va VMning 892-sonli qarorlari ijrosi;
— faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish;
— Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish.
Tadbir davomida faol nuroniylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, mehmonlar «Keneges» OFYda yashovchi 100 yoshli front orti mehnat faxriysi Tajimurat Аllayarov xonadoniga tashrif buyurib, otaxonga nogironlik aravachasi va sovg‘alar topshirdilar.
Bu kabi uchrashuvlar keksa avlodning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.









