Hurmatli Madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
2026-04-15 11:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Siz azizlarni Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Bugungi kunda yurtimizda madaniyat va san’at sohasiga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilib, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar siz, aziz fidoyilarning fidokorona mehnatingiz bilan yanada samarali natijalar bermoqda.
Sizlarning san’at va ijod orqali xalqimiz qalbiga quvonch, madaniy zavq bag‘ishlayotganingiz, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga qo‘shayotgan hissangiz barchamiz uchun tahsinga sazovor.
Mana shunday sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda sizlarga sihat-salomatlik, ijodiy kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt va yangi yutuqlar tilayman!
