Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash - farovon kelajakning kalitidir.
2026-03-17 09:55:00 / Yangiliklar

Davlatimiz tomonidan kambag'al oilalarga davlat tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari doirasini kengaytirish, ularning maqsadli va samaradorligini yanada oshirish hamda kambag'al oilalar a'zolarining salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida Taxiatosh tumanining "Nurli Kelajak" mahalla fuqarolar yig'inida ham kambag'al oilalarni aniqlash, ularni kambag'al oilalar reyestriga kiritish, davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralarini ularning toifasiga qarab ko'rsatish, ularga nisbatan kambag'allikdan chiqishga qaratilgan individual rejalar ishlab chiqish va ularga to'lanadigan nafaqalar, bir martalik moddiy yordamlar, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar orqali ularning moliyaviy yukini kamaytirish yo'lida izchil ishlar olib borilmoqda. Eng muhimi, bu yordamlar endi raqamli tizimlar orqali shaffof tarzda ajratilmoqda. Bu esa nohaqlikning oldini olishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

