Hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilangan.
2026-03-20 14:35:00 / Yangiliklar
Shu munosabat bilan bugun Taxiatosh tumanidagi “Keneges” mahallasida yoshlarning fikr-takliflari va tashabbuslarini o‘rganish, joylardagi muammolarni aniqlab, ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimi I.Sdikov, tuman prokurori A.Kipshakbaev va IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i K.Daniyarov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari hamda istiqboldagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Bildirilgan murojaat va takliflar mas’ul rahbarlar tomonidan shaxsiy nazoratga olindi va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.



