Taxiatosh tumani prokurori A.Kipshakbaevning tuman aholisiga murojaati:
2026-02-25 10:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Bu islohotlarning tub mohiyati, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, xalqning tinchligi hamda osoyishtaligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli.
Yurtboshimiz qarorlari bilan huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.
Huquq - tartibotni mustahkamlash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki boshqa idoralar va
keng jamoatchilikning umummilliy ishi hamda muhim vazifasiga aylandi.
Barcha kuch va vositalar, jinoyatlarning oqibati bilan kurashishga emas, ularni keltirib chiqarayotgan tub sabab va omillarni aniqlab, bartaraf etishga safarbar qilindi.
Bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlik yanada kuchaytirildi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish faoliyatini samarali tashkil etish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yo‘nalishda har bir hududdagi kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda manzilli chora - tadbirlar belgilandi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha faoliyatimizni “mahallabay” tashkil etdik.
Unga ko‘ra, har bir mahallaga alohida yondashgan holda, manzilli ish olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, “mahalla yettiligi” tomonidan aholining ijtimoiy muammolari aniqlandi va “jinoyatlarning ijtimoiy profilaktikasi”ga tayangan holda hal etildi.
Amalga oshirilgan choralar hamda keng jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda olib borilgan tizimli profilaktik tadbirlar natijasida:
- tuman hududida joriy yil ikki oyi davomida «qizil» toifadagi mahallalar mavjud emas.
- 14 ta mahallaning 8 tasida jinoyat sodir etilmadi;
Hurmatli fuqarolar !
Tumanimizda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismini o‘g‘rilik, firibgarlik va yo‘l transport hodisalari jinoyatlari tashkil etadi.
O‘tgan yilda sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyatining yarmidan ko‘pi fuqarolarimiz o‘z mol - mulklarini qarovsiz qoldirib, sharoit yaratganligi oqibatida yuz bergan.
Shu bois, aholi gavjum joylar va ko‘p qavatli uylar atrofida viktimologik tadbirlar o‘tkazilib, 400 dan ortiq qarovsiz qoldirilgan mol - mulklar aniqlandi va egalariga ogohlantirilgan holda qaytarildi.
Ayniqsa, tumanda aholi asosan ko‘p qavatli uylar va gavjum joylashgan turar-joylarda yashashligi, biroq velosipet, skuter va boshqada buyumalrini qarovsiz qoldirganligi bois, velosipedlar o‘g‘irligi bilan bog‘liq 2 ta jinoyat qayd qilindi.
Shu bois, mol - mulkingizga ehtiyot bo‘ling, e’tiborsizligingiz yoki beparvoligingiz tufayli jinoyat qurboniga aylanib qolmang.
Hurmatli fuqarolar!
Keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning deyarli teng yarimini kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar tashkil etmoqda.
Albatta, fuqarolarimizni kiber tahdidlardan himoya qilish, mazkur sohaga zamonaviy dasturiy - texnik yechimlar
va yangicha ish usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks
choralar ko‘rilmoqda.
Ammo, har birimiz o‘zimizda bu turdagi jinoyatlarga
qarshi immunitet xosil qilmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, fuqarolarimiz e’tiborsizligi yoki oson pul topish ilinjida internet tarmoqlari orqali
kelgan har hil fayllarni yoki havolalarni ochishlari natijasida o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kiber- makondagi jinoyatchilarga taqdim etib, ularning osonlik
bilan pullarini qo‘lga kiritilishiga yo‘l ochib berilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar!
- jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlash ishlariga barchamiz birdek mas’uliyat bilan yondoshsak;
- o‘z uyimiz, o‘z mahallamiz, o‘z yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga daxldorligimizni chuqur his qilsak;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga har birimiz o‘z xissamizni qo‘shsak oilamiz, mahallamiz, yurtimiz tinch va osoyishta maskanga aylanadi.
