Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
2026-02-24 09:10:00 / Yangiliklar
Mazkur o‘zgartirishlar energiya resurslari narxlarini bozor tamoyillari asosida shakllantirish jarayonida ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.
Qarorning bosh maqsadi – elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarining bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga o‘tkazilishi sharoitida kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashdir.
Qarorga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar belgilangan:
1. Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy me’yordan oshgan ma’lum hajmgacha narx farqini qoplash.
2. Tabiiy gaz iste’moli uchun isitish mavsumida va mavsumdan tashqari davrda belgilangan me’yorgacha kompensatsiya to‘lash.
3. Reyestrga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish.
Kompensatsiyalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi va tijorat banklari orqali avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshiriladi. Ehtiyojmand oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “Kambag‘al oilalar reyestri” asosida aniqlanadi.
848-sonli qaror yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish jarayonida ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu hujjat ehtiyojmand aholining energiya resurslari narxlari oshishidan salbiy ta’sir ko‘rmasligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Taxiatosh tumani Adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
Bosh mutaxassisi R.Xojamuratov
