“KIBER JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA UCHRASHUV
2026-02-23 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston “Adolat” SDP Taxiatosh tuman Kengashi tashabbusi bilan Taxiatosh kasb-hunar maktabida “Kiber jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Taxiatosh tuman adliya bo‘limi xodimi Sh. Pirnazarova, Taxiatosh tuman IIB profilaktika huquqbuzarliklar inspektori X. Orinbaeva hamda partiya deputati S. Bekimbetova so‘zga chiqib, o‘quvchilarga firibgarlik va onlayn xavfsizlik bo‘yicha keng tushuntirishlar berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar internet orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklardan qanday saqlanish, xavfsiz onlayn muhitni yaratish bo‘yicha amaliy maslahatlar oldi. Tadbir yosh avlodni internet maydonida xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim tadbir hisoblanadi.



