Taxiatosh tumani prokurori A.Kipshakbaevning tuman aholisiga murojaati:
2026-02-02 15:10:00 / Yangiliklar

Taxiatosh tumani prokurori A.Kipshakbaevning tuman aholisiga murojaati:
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich rahnamoligida Inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz tinchligini ta’minlash, turmush tarzini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Lekin zamon taraqqiyoti, odamlar turmush tarzi kun sayin o‘zgarib, imkoniyatlar kengaygani sari turli jinoiy illatlar ortib bormoqda.
Ushbu murojaatimda ko‘tarilgan masalalar Siz va Sizning mol-mulkingiz xavfsizligi uchun juda muhim.
Xususan, tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari hamda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda manzilli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida tumanda 2025-yil 12 oyi davomida umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 120 tadan 111 taga kamayganligini ko‘ramiz.
Biroq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda "Mahallabay" hamda "Xonadonbay" ishlash ishlari olib borilishiga qaramasdan;
- 2025-yilning 12 oyi yakuni bilan tuman hududida
14 ta mahalladan 2 tasi sariq, qolgan 12 tasi yashil toifaga kiritilgan.
Hurmatli Taxiatosh tumani aholisi!
Sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqib, kelgusi vaqtlarda jinoyat qurboni bo‘lib qolmasligingiz uchun;
- xalqaro internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan ijtimoiy saytlar orqali terrorizm, separatizm, millatchilik g‘oyalarini tarqatuvchi ma’lumot va videoroliklarni qo‘llab-quvvatlamang va ularga munosabat bildirmang;
- korrupsiyaga qarshi kurashish - har birimizning burchimiz;
Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan bilib-bilmay pora berish, pora olish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlariga aralashib qolmoqda, shu sababli korrupsiya bilan bog‘liq har qanday holatlar bo‘lgan taqdirda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni so‘rayman.
- avtomobil boshqarishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qiling hamda yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Sizning yo‘llarda har qanday qoidabuzarlik harakatingiz baxtsiz, achinarli holatlarga sabab bo‘lishini unutmang;
Uyushma, korxona, tashkilotlar hamda o‘z turar joylaringiz xavfsizligini ta’minlashda Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bo‘limining Qo‘riqlash pulti xizmatidan foydalanishga fuqarolarimizni chaqiramiz.
Hurmatli Taxiatosh tuman aholisi!
Har qanday jinoyat yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar haqida Ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga o‘z vaqtida xabar bering.
Xabar beruvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanadi.
Sizlarni profilaktika tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirib qolaman.
