Asosiy kontentga o'tish

SUV XO‘JALIGI VAZIRI VOBKENT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

2025-04-11 20:20:00 / Yangiliklar

Bugun Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Buxoro viloyati Vobkent tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda viloyatdagi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimi va tashkilot-idoralar rahbarlari, fermerlar, suv iste’molchilari ishtirok etdi.

Suv xo‘jaligi vaziri dastlab mamlakatimiz suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Davlatimiz rahbari tomonidan sohani yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng murojaatlar tinglandi.

Vobkent tumanidagi “Izzat Samandar” fermer xo‘jaligi rahbari Izzat Samandarov keyingi yillarda kanal va ichki sug‘orish tarmoqlarining betonlanishi yaxshi samara berganini qayd etgan holda suv yetib borishi og‘ir hududlardagi ariqlarni betonlashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

“Komi Kasaba” suv taqsimlash inshooti mutaxassisi Salim Shodiyev suv resurslarini iste’molchilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash borasidagi ayrim muammolarni o‘rtaga tashladi.

Barcha murojaatlar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

Amu Buxoro ITHB matbuot xizmati

98

Oxirgi yangilanish: 2025-04-11 20:27:09

SUV XO‘JALIGI VAZIRI VOBKENT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI