SIRDARYOLIK MELIORATORLAR KELGUSIDAGI VAZIFALARNI MUHOKAMA QILISHDI
2025-03-20 14:45:00 / Yangiliklar

Rekonstruksiya ishlari “Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan bajarilmoqda. Obyektga 4 dona ekskavator, 1 dona buldozer, 1 dona avtomashina jalb qilingan.
Seminarda rekonstruksiya ishlarining loyiha bo‘yicha sifatli bajarilishini nazorat qilish, meliorativ kuzatuv quduqlarida o‘chov ishlarining o‘z vaqtida olib borilishi, servis guruhlari tomonidan o‘rnatilgan “Diver” uskunalarining nosoz qismlarini sozlash va ta’mirlash ishlarini bajarilishi, kuzatuv quduqlarini loyqadan tozalash, meliorativ tik drenaj quduqlarining rejim asosida ishlatilishi, kollektor drenaj tarmoqlarining ishchi holatda bo‘lishini muntazam nazorat qilish hamda joriy yil 1 aprel holatiga tuproq dinamik nuqtalari, kuzatuv quduqlaridan tuproq va suv namunalarini olish kerakligi ta’kidlandi.
“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida kollektor muhofaza hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlarini tashkil etish, ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orish, rejada belgilangan rangli va qora metall parchalarini yig‘ib topshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini muddatida ijobiy hal qilish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati