ANGOR TUMANI SUVCHILARI 30 KILOMETR UZUNLIKDAGI KANALLARNI BETONLASHTIRADI
2024-12-20 14:05:00 / Yangiliklar
Shuningdek, tuman irrigatorlari fermer xo‘jaliklari va klaster tashkiloti rahbarlari bilan kunora uchrashib, ularning texnikasi va ishchi kuchlarini ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirishga chiqarishga erishayapti. Bahorga qadar kuz-qish mavsumida fermer xo‘jaliklari hamda klaster tashkiloti o‘zlarining dalalariga suv yetkazadigan ichki sug‘orish tarmoqlarining 113 kilometr uzunlikdagi qismida beton qoplama yotqizishni maqsad qilgan. Qisqa fursatda DM balansidagi kanallarning 3 kilometri hamda ichki sug‘orish tarmoqlarining 10 kilometri betonlashtirildi.
– Irrigatorlarimiz kanallarni betonlashtirishi uchun 90 tonna sement, yetarlicha qum-shag‘al zaxira qilganmiz, – deydi Angor tumani «Suv yetkazib berish xizmati» DM direktori Chorshanbi Rajabov. – Kanallarimizni betonlashtirish hasharida qatnashayotgan xodimlarimiz ishi unumli bo‘lishi uchun ularga har kuni issiq ovqat va issiq choy tashkil qilinayotir.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati